Jahon bankining suv masalalari böyiça boş direktori Guan Çjye Çen rahbarligidagi delegatsiya joriy yilning 18 iyun kuni Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutiga taşrif buyurdi.

Institutning “Innovatsiyalar va ilmiy-tadqiqotlar klasteri” markazida rektor Uktam Umurzakov va Jahon bankining suv masalalari böyiça boş direktori Guan Çjye Çenlar rahbarligida institutning bir guruh olimlari, Jahon banki delegatsiyasi a'zolari va institutda taşkil qilingan “Suv resurslarini boşqariş” xalqaro yozgi maktab tinglovçilari iştirokida ingliz tilida davra suhbati ötkazildi.
Delegatsiya rahbari janob Guan Çjye Çen esa Jahon bankining suv masalalari yuzasidan olib borayotgan islohotlari va loyihalari xususida batafsil ma'lumot berdi.

Taşrif davomida delegatsiya a'zolari institutning öquv jarayoni va suv tejovçi texnologiyalar va laboratoriyalar jihozlari bilan yaqindan taniştirildi.

Şuningdek, suv resurslaridan barqaror foydalanişning ahamiyati, qişloq xöjaligida suvdan unumli va samarali foydalaniş, mavjud çuçuk suv miqdorini saqlab qoliş va uning mexanizmini işlab çiqişga bağişlangan dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşildi.

Ayni paytda, çuçuk suvning ifloslaniş darajasi yuqori bölgan davlatlarga Jahon banki tomonidan ajratilgan moliyaviy yordam va loyihalarning dolzarbligi borasida ham e'tiborli mulohazalarni ilgari surdi.
Bu borada yoş olimlar va tadqiqotçilar hamda iqtidorli talabalarning suv resurslarini boşqariş, içimlik suvlaridan tejab foydalaniş, suv isrofgarçiligini oldini oliş böyiça ilmiy yangiliklar va innovatsion ğoyalarni moliyaviy jihatdan qöllab-quvvatlaş böyiça kelişuvlar amalga oşirildi.

















