Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aripov maktablardagi qog‘ozbozlik haqida: O‘qituvchi 2-3 soat dars o‘tsa, 4 soat hujjat to‘ldiradi
Bugun, 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida, 20 iyun kuni Xalq ta'limi vaziri etib tayinlangan Sherzod Shermatov boshchiligidagi yangi rahbariyat ishtirokida xalq ta'limi tizimi muammolariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bosh vazir xalq ta'limi tizimini isloh qilish to‘g‘risida gapirgan.
«Maktablardagi byurokratiyani kamaytirish zarur. O‘qituvchilarning asosiy vaqti ham, e'tibori ham ta'lim berishga qaratilishi kerak.
Ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, har bir o‘qituvchi bir kunda 2-3 soat dars berganidan keyin, 4 soat vaqt qog‘oz to‘ldirishi kerak. Buni yo‘q qilish kerak, Sherzod Hotamovich. Hisobot ustiga hisobot. Uni ustiga yana hisobot. Buni bekor qilish kerak. O‘qituvchi o‘z ustida ishlash uchun vaqt qolmayapti. Qog‘ozdan voz kechish kerak, axborot texnologiyalari rivojlangan davrda yashayapmiz. Sohaga axborot texnologiyalarini joriy etish kerak», — degan Abdulla Aripov.
Bosh vazir xalq ta'limi tizimini tubdan isloh qilish uchun vazirlikka xorijning eng nufuzli universitetlarida tahsil olgan, yetakchi xorijiy tashkilotlarda uzoq yillar mehnat qilgan insonlar rahbar etib tayinlangani, ularning oldida katta vazifalar turganini ta'kidlab o‘tgan.
Mavzuga oid
11:56 / 06.06.2026
Qurilishga ruxsat olishda bir nechta davlat xizmatlari birlashtiriladi
12:40 / 30.05.2026
Kichik biznesga keng ko‘lamli soliq erkinliklari e’lon qilindi (batafsil)
09:45 / 30.05.2026
Ilmiy daraja berishda qator talablar bekor qilinadi
15:51 / 12.05.2026