Samarqand şahar hokimligida şahar hokimi Furqat Rahimov, Samarqand Davlat arxitektura-quriliş institutining rektori hamda professor öqituvçilari, şahar arxitektori va jurnalistlar iştirokida yiğiliş bölib ötdi.

Şahar hokimi F.Rahimov keyingi paytlarda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda şaharda olib borilayotgan quriliş işlarida belgilangan quriliş va arxitektura me'yorlarida çetlanişlar yuz berayotgani haqida örinli çiqişlar bölayotgani, madaniy meros obektlariga zarar yetkazgan holda qurilayotgani haqida gapirib ötdi.

Ayni kunda bunday quriliş işlari yakuniy ekspertiza ötkaziş uçun töxtatib qöyilgani qayd etildi.

Viloyat madaniy meros obektlarini muhofaza etiş inspeksiyasi rahbari Maysara Nabirayevaning aytişiça, şaharning örta asrlarga oid va yevropaça madaniy qismiga yaqin bufer zonalarida olib borilayotgan köp qavatli turar joylar qurilişiga inspeksiya tomonidan berilgan tavsiyalar qöpol ravişda buzilgani, bu borada inspeksiya prokuratura organlariga yil boşidan buyon 29 bor murojaat qilganini aytib ötdi.

«Zarafşon» va «Samarkandskiy vestnik» gazetalari birlaşgan tahririyati boş muharriri Farmon Toşev ham quriliş işlari olib borilayotgan hududlarda yaşovçi fuqarolardan norozilik murojaatlari köplab tuşayotgani, qurilişni olib borayotgan firmalar va hokimlikning mutasaddilari uşbu muammoni yeçişda oçiq bölişi kerakligini ta'kidlab ötdi.

Şahar hokimi F.Rahimov Samarqand şahrining ayni damda yaroqli boş rejasining özi yöqligini aytib ötdi. Samarqand davlat arxitektura quriliş instituti rektori Sulton Ahmedov zamonaviy şaharsozlik talablariga asoslanib, şaharning boş planini yaratiş konsepsiyasini işlab çiqiş kerakligini aytib ötdi.

Şahar hokimining aytişiça, şaharda YuNeSKO madaniy merosi obektlari sifatida tan olingan obektlar juda köp, ularni avaylab asraş, mavjudlarini investorlarga beriş ustida oqilona iş olib borilişi lozim.

Yiğilişda qatnaşgan SamDAQI professor-öqituvçilari  A.Örolov, Ş.Oçilov, H.Qayumov, M.Xidirov, R.Avazov Samarqand şahrining sönggi boş rejasi 1990-2005 yillar uçun yaratilganligi, ayni paytda aktual boş rejaning özi darhaqiqat yöqligi, quriliş işlari qaysi rejaga asosan olib borilayotganligi noma'lumligini qayd etib ötişdi.

Oçiq munozara ruhida ötgan yiğilişda Samarqand şahrining kamida 2035 yilgaça bölgan davrini qamrab oladigan boş rejasi konsepsiyasini işlab çiqiş va boş rejani tuziş uçun samarqandliklarning fikri sifatida ToşBoşPlanLITIga taqdim etiş lozimligi va kelgusida şaharda olib borilayotgan har bir quriliş va rekonstruksiya işlari öşa boş rejaga asosan olib borilişi kerakligi haqida yakdil xulosaga kelişdi.