Çirçiq garnizonida Özbekiston Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobil nazorati (HAN) inspeksiyasi tomonidan avgust oyida ötkaziladigan Xalqaro armiya öyinlarining “Yöl patruli” musobaqasida iştirok etuvçi jamoa puxta tayyorgarlik körmoqda, deya xabar beradi  Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Tayyorgarlik dasturi doirasida xayrli işga qöl urildi - HAN inspeksiyasi taşabbusi bilan Çirçiq şahrida xizmat burçini bajariş vaqtida halok bölgan harbiy xizmatçilarning yaqinlari holidan xabar olindi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Şundan söng Mudofaa vazirligi HAN xodimlari bilan öquv yiğini taşkil etildi. Unda istiqboldagi rejalar, harbiy avtomobillarning xavfsiz harakatini ta'minlaş çoralari, bartaraf etilişi kerak bölgan kamçiliklar hamda ArMI-2018 doirasida ötkaziladigan “Yöl patruli” halqaro musobaqasiga tayyorgarlik köriş jarayoni bilan boğliq bölgan masalalarga doir vazifalar belgilandi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Yiğindan söng “Çirçiq” poligonida “Yöl patruli” musobaqasi iştirokçilari saralaş sinovlaridan ötkazildi. 

Tanlovning yakuniy natijalariga köra, eng köp ball jamğargan kapitan Dilşod Toşpölatov, serjantlar Abdulla Hakimov, Siddiq A'zamov, Farhod Musayev va Avaz Yoqubov (texnik nazoratçi Ikrom Alimov) nufuzli musobaqada iştirok etiş yöllanmasini qölga kiritdi.