Prezidentning “Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari harbiy xizmatçilari va ularning oila a'zolarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” qaroriga muvofiq respublika oliy ta'lim muassasalari davlat granti asosida oliy ta'lim muassasalariga umumiy belgilangan qabul körsatkiçlari kvotasidan taşqari 5 foizli kvota ajratilişi belgilangan edi.
“Huquqiy axborot” kanalining xabar berişiça, hukumatning 2018 yil 22 iyundagi qarori bilan Qurolli Kuçlari harbiy xizmatçilari farzandlarining kvota asosida respublika oliy ta'lim muassasalariga öqişga kirişi uçun tavsiyanomalar beriş tartibi töğrisidagi Nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq oliy ta'lim muassasalariga öqişga kirişi uçun tavsiyanomalar quyidagilarga beriladi:
• mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlaşga munosib hissa qöşgan, jangovar-xizmatda va ilmiy faoliyatda muayyan natijalarga erişgan haqiqiy xizmatni ötayotgan ofitserlarga, serjantlar va oddiy askarlar tarkibiga mansub bölgan, kontrakt böyiça harbiy xizmatçilarga – ular farzandlarining oliy ta'lim muassasalariga öqişga kirişi uçun bevosita komandirlarning (boşliqlarning) tavsiyasi böyiça;
• harbiy xizmat vazifalarini bajariş çoğida halok bölgan hamda harbiy xizmat vazifalarini bajariş çoğida yaradorlik, kontuziya, şikast oliş yoki kasalliklar oqibatida nogiron bölib qolgan Qurolli Kuçlari tarkibiga kiruvçi vazirliklar va idoralarning ofitser, serjant va oddiy askarlar tarkibiga mansub bölgan kontrakt böyiça harbiy xizmatçilarning farzandlariga.
Tavsiyanomalar blanklari qat'iy hisobda turuvçi hujjat hisoblanadi, hisob seriyasi, raqami va himoyalanganlik darajasiga ega böladi, “Davlat belgisi” davlat-işlab çiqariş birlaşmasida tayyorlanadi.
Tavsiyanomalar harbiy xizmatçilarning farzandlarini Özbekiston Respublikasining bitta oliy ta'lim muassasasiga bir marta kirişi uçun uç yildan köp bölmagan muddatga beriladi.
Tavsiyanomalarni beriş masalasini körib çiqiş uçun Qurolli Kuçlari tarkibiga kiruvçi vazirliklarda (idoralarda) vazirlik (idora) rahbarining tegişli masalalar böyiça örinbosari raisligida komissiya tuziladi.
Komandir (boşliq)lar komissiyaga körib çiqiş uçun quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) harbiy xizmatçiga:
• bevosita komandir (boşliq)ning tavsiyanomasi;

















