“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida avtomobillarni boşqariş uçun zarur bölgan hujjatlarni soddalaştiriş tizimini yölga qöyiş haqida petitsiya paydo böldi.
“Ma'lumki, bugungi kunda Özbekiston Respublikasi hududida avtomobillarni boşqariş uçun quyidagi hujjatlar zarur böladi:
1) avtomobilning texnik pasporti;
2) haydovçilik guvohnomasi va talon (talon faqat eski körinişdagi guvohnomalar uçun);
3) majburiy suğurta polisi.
Şuningdek, agarda avtomobilga STG (gaz) örnatilgan bölsa, uning hujjati, avtomobil boşqa bir fuqaroga tegişli bölsa - işonçnoma, avtomobil yuridik şaxsga tegişli bölsa, malaka oşirilganligi töğrisida - sertifikat, agarda avtomobil haydovçining turmuş örtoğiga tegişli bölsa, nikoh guvohnomasi, avtomobil yuridik şaxsga tegişli bölsa, yöllanma qoğozi (putyovka) yoki işonçnoma”, - deyiladi murojaatda.
Haydovçilar YHXB xodimlari ularni töxtatganda uşbu hujjatlarni taqdim etişi şart. Endi bir öylab köraylik, XXI asr yangi texnologiya va innovatsiyalar rivojlangan paytda qanday qilib, bir avtomobil uçun şunça hujjat zarur bölişi mumkin.
“Taklifimiz, avtomobil texnik pasporti orqa tarafiga maxsus QR-kod çop etilsin. YHXB xodimlari xizmat vazifasi paytida haydovçilarni töxtatganda faqat texnik pasport va yangi şakldagi (talonsiz) haydovçilik guvohnomasi taqdim etilsin. Maxsus qurilma orqali uşbu QR-kod tekşirilganda yuqorida keltirilgan barça hujjatlar va avtomobilga tegişli oldingi qoidabuzarliklar uçun qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi va boşqa ma'lumotlar taqdim etilsin. Avtomobil töğrisidagi barça ma'lumotlar aniq bir bazada saqlansin. Suğurta polisi va işonçnoma avvalgi kuçida qoladi. “Faol tadbirkorlik, innovatsiyalar va yuqori texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş” yilida mazkur tizim yaratilsa, ortiqça qoğozbozlik va ovoragarçiliklarga barham berilardi”, - deyilgan murojaat matnida.

















