Özbekiston, Qozoğiston va Qirğiziston Respublikalari Favqulodda vaziyatlar sohasidagi hamkorligini yanada kengaytiriş maqsadida 2018 yilning 25 iyun kuni Qozoğiston va Qirğiziston Respublikalari vakillaridan iborat delegatsiyalar Özbekistonga taşrif buyurdi. 

Fuqaro muhofazasi institutida hamkorlikdagi öquv maşğulotining oçiliş marosimi ötkazilib, avariya-qutqaruv texnika hamda vositalari körgazmasi, zilzilani simulyatsiya qiliş markaziga ekskursiya taşkil etildi. Toşkent şahrining diqqatga sazovor joylari va qadimiy obidalariga sayohat ötkazildi.

Taşrif doirasida Toşkent şahrida va Toşkent viloyatining Çimyon toğli hududida «Toğli hududlarda jabrlanganlarni qidiriş va evakuatsiya qilişda qutqaruv tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlari» hamda «Zilzila oqibatlarini bartaraf etişda qutqaruv tuzilmalarining harakatlari» mavzularida öquv maşqlari ötkazilişi rejalaştirilgan.

Hamkorlikdagi öquv maşğuloti joriy yilning 27-30 iyun kunlariga qadar Toşkent viloyatining Çimyon toğli hududida «Toğli hududlarda jabrlanganlarni qidiriş va evakuatsiya qiliş tadbirlarini olib borişda qutqaruv tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlari» mavzusida ötkazilişi ham rejalaştirilgan.