Xalq ta'limi vazirligi tizimni tubdan isloh qiliş maqsadida maktab ta'limini yuksaltirişda aniq takliflarga ega bölgan şijoatli, zamonaviy fikrlaydigan va eng muhimi yoş avlod ta'lim-tarbiyasiga befarq bölmagan yurtdoşlarimizni rahbar lavozimlarga taklif etadi. Bu haqda vazirlikning feysbukdagi sahifasida rasman e'lon berilgan.

«Mamlakat kelajagi bölgan barkamol avlod taqdiriga befarq emasmisiz?

Unda Xalq ta'limi vazirligi jamoasiga qöşiling!

Muhtaram Prezidentimiz öqituvçining jamiyatdagi obrösini oşiriş va maktab ta'limini rivojlantiriş maqsadida Xalq ta'limi vazirligini eng muhim vazirliklardan biriga aylantirişni har tomonlama qöllab-quvvatlamoqda.

Xalq ta'limi vazirligi tizimni tubdan isloh qiliş maqsadida maktab ta'limini yuksaltirişda aniq takliflarga ega bölgan şijoatli, zamonaviy fikrlaydigan va eng muhimi yoş avlod ta'lim-tarbiyasiga befarq bölmagan yurtdoşlarimizni rahbar lavozimlarga taklif etadi», deyilgan e'londa.

Ma'lumotlar [email protected] elektron poçtasiga yuborilişi kerak.

Nomzodlar xatda quyidagi ma'lumotlarni körsatadilar:

  1. Ismi şarifi;
  2. Yaşaş manzili;
  3. Boğlaniş uçun ma'lumotlar (telefon, e-mail, telegram);
  4. Siz tizimdagi qaysi böğinni rivojlantira olaman deb öylaysiz? (vazirlik markaziy apparati bölinmalari, viloyat boşqarmalari, tuman(şahar) bölimlari, ta'lim muassasasi rahbarlari lavozimiga);
  5. Şu lavozimga nega aynan Siz munosibsiz (100 tagaça söz)?

Xatga, albatta, CV yoki şaxsiy ma'lumotnoma hamda 3x4 xajmdagi rasm ilova qilinişi kerak.