Bu dunyoda heç bir inson yolğiz biror işni uddalay olmaydi. Yolğizlik faqat Allohga xos. Haqiqiy mö'min banda qiyinçiliklar kelganda sabr qiladi, xayrli insonlar sabab sinovlarni yengib ötadi.

Kun.uz sayti xayriya aksiyalarini davom ettirib, Namangan şahriga taşrif buyurdi.

Öğlining xastaligi tufayli yordamga muhtoj Majidxon aka xonadonida böldik. Uşbu mahalla guzarida elektr jihozlarini ta'mirlaş bilan şuğullanuvçi Majidxon aka ikki farzandi va ayoli bilan yaşab kelmoqda. Dard ustiga çipqon degandek, Majidxon akaning turmuş örtoği xam ayni kunda xasta. Jigar sirrozi kasalligining sönggi bosqiçida azob çekmoqda. “Öğlim Akmalxon operatsiyasi uçun taxminan 40-50 million söm ketişi mumkin ekan. Ayolimniyam bitta muolajasiga 3-4 million ketayapti. Bitta dorisini özi 1 million atrofida. Uyimiz bir ahvolda, hamma narsani olib çiqib sotib böldik, sotadigan heç narsamiz qolmadi. Noçor holatga kelib qoldik” deya kuyunib gapirdi Majidxon aka.

Majidxon aka ikkinçi öğli Akmalxonning soğliğidan xavotirda. 8-sinf öquvçisi bölgan Akmalxonga şifokorlar tomonidan tuğma yurak nuqsoni taşxisi qöyilgan. Ya'ni, klapanlarining kiriş va çiqiş joylarida teşiklari mavjud bölib, qonni yaxşi hayday olmayotgan ekan. Hozirgi kunda uşbu kasallik tufayli bolaning böyi, qöl va oyoqlari yaxşi şakllanmagan. Yaxşi qon aylanmasligi natijasida çap tomon qöl va oyoği qotib qolgan.

«Öğlimni körsatmagan joyim qolmadi. Toşkentga ham olib bordim. Toşkent Pediatriya Tibbiyot Instituti (eski SAMPI) şifokorlari tekşirişdi. Ular davosi faqat operatsiya deyişmoqda. Yuragidagi operatsiyani ötkazib olsak, nasib bölsa böyi, qöl-oyoqlari ham joyiga keladi. Kerakli gormonlar, dorilarni beramiz. Muhimi, operatsiya qilinişi kerak, deyişdi. 15 iyul kuni Hindistondan şifokorlar kelişadi. Ular bilan maslahatlaşib şu yerning özida yoki Hindistonda operatsiya amalga oşiriladi deyişdi. Hammasi moddiy tarafga borib taqalmoqda», deydi Majidxon aka.

Majidxon akaning katta öğli Malikxon bilan ham gaplaşdik. U hozirgi kunda kollejning 3-kurs talabasi bölib, işlaşga, otasiga qaraşişga majbur.

Darddan aziyat çekayotganiga qaramay Akmalxon kelajakka işonçini söndirmagan. Uning kelajakdagi rejalari jinoyatçilikka qarşi kuraşuvçi, jamiyatga sodiq içki işlar xodimi böliş ekan.