Rossiyaning eng yangi "Kinjal" (xanjar) majmuasining gipertovuş raketalari uzoq masofalarga parvoz qila oladigan bombardimonçi Tu-22M3 samolyotida sinovdan ötkaziladi. Bu haqda TASS agentligi Rossiya mudofaa-sanoat kompleksidagi manbasiga asoslangan holda xabar qilmoqda.
"Kinjal"ni Tu-22M3da sinovdan ötkazişadi", - degan agentlik suhbatdoşi. U "bir vaqtning özida bitta bombardimonçi samolyotda bir neçta gipertovuş raketalar sinovi" ötkazilişini bildirgan. Manba sinovlar muddatini ma'lum qilmagan.
Şu bilan birga, TASS mazkur ma'lumotni rasmiy tasdiqlaydigan boşqa axborotga ega emas.
"Kinjal" majmuasi borasida ilk marta RF prezidenti Vladimir Putin 2018 yil martida e'lon qilgan edi. Uning raketasi tovuş tezligidan 10 marta tezroq uçadi hamda barça mavjud va istiqboldagi RQM-HHM tizimlarini samarasiz vositaga aylantiradi.

















