2021 yilgaça FHDYoning barça arxiv hujjatlari elektron formatga ötkaziladi. KUN.UZ muxbiri Adliya vaziri örinbosari Akbar Toşqulovning 4 iyul kuni Xalqaro Press-klubning "FHDYo: islohotlarning yangi sahifasi yohud byurokratiya va korrupsiyaga qarşi muhim qadam" sessiyasida bergan ma'lumotiga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

Foto: Xalqaro Press-klub
Uning sözlariga köra, FHDYo arxividagi 60 millionga yaqin hujjatni elektron formatga ötkazişga kirişildi. Bugunga kelib 7 million hujjat raqamli formatga ötkazildi. 2021 yilgaça FHDYoning barça arxiv hujjatlari elektron formatga ötkaziladi.
"Tuğilişni rasmiylaştiriş yoki nikohni qayd qiliş uçun FHDYo idoralariga murojaat qilib, zarur hujjatlarni töplaş kerak böladi. Hozir boşqa viloyatda yaşovçi kişi bilan oila quriş uçun öşa yerga borib murojaat qilişga yoki qandaydir ma'lumotlarni yiğib kelişga töğri keladi. Elektron tizim boşqa sohalarda mukammal işlamoqda, şu bois uni FHDYo tizimiga ham tatbiq etiş muhim ahamiyat kasb etadi", - deydi Akbar Toşqulov. Hujjatlarning elektron formatga ötkazilişi Özbekiston fuqarolarining FHDYo dalolatnomalari böyiça ortiqça ovoragarçiliklarni bartaraf etişga yordam berdi.
Şu tariqa Özbekiston fuqarolari FHDYo hujjatlariga doir ma'lumotlarni internet orqali olişlari mumkin böladi.
















