Özbekiston Prezidentining 2018 yil 2 iyuldagi 3827-sonli qaroriga muvofiq, ijtimoiy reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş, oilaviy-maişiy zörlik işlatişning oldini oliş tizimini tubdan takomillaştiriş maqsadida, şuningdek, 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni inobatga olgan holda, quyidagilar ijtimoiy reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş, şuningdek, oilaviy-maişiy zörlik işlatişning oldini oliş tizimini takomillaştirişning ustuvor yönalişlari etib belgilandi:

  • öz joniga qasd qilişga moyil xulq-atvorni hamda jamiyatdagi va oiladagi ma'naviy-axloqiy muhitga salbiy ta'sir körsatuvçi boşqa holatlarni qözğata oladigan oilaviy va şaxslararo nizolarning, depressiv vaziyatlarning erta oldini oliş, şuningdek, uşbu jarayonda keng jamoatçilik iştirok etişini ta'minlaş;
  • ijtimoiy reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş tizimini yölga qöyişda, yuzaga keladigan nizoli vaziyatlarni, birinçi navbatda oilaviy-maişiy nizoli vaziyatlarni hal qilişda davlat organlarining özaro hamkorligini, şu jumladan fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlik tizimini şakllantiriş;
  • nizoli vaziyatlarning erta oldini olişga, eng avvalo, «xavf ostidagi guruh»da bölgan şaxslar va oilalarni aniq maqsadda qöllab-quvvatlaş orqali ijtimoiy reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş tizimini takomillaştirişga fuqarolik jamiyati institutlarini keng jalb qiliş;
  • nizoli vaziyatlar, şu jumladan oilaviy-maişiy zörlik işlatiş sabablarini, öz joniga qasd qiliş kayfiyatini qözğatadigan omillarni aniqlaş hamda örganiş, ularni bartaraf etiş çoralarini köriş;
  • jamiyatda oilaviy-maişiy tusdagi zörlik işlatişning har qanday körinişiga nisbatan, birinçi navbatda, yaqin qarindoşlar tomonidan murosasiz munosabat muhitini, şu jumladan jazo muqarrarligini ta'minlaş, oğir ijtimoiy ahvoldagi şaxslarni qöllab-quvvatlaş orqali qaror toptiriş;
  • jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oşiriş, oilaviy va şaxslararo munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlaş, ijtimoiy reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş jarayonlariga daxldorlik hissini kuçaytiriş.