Özbekiston Boş vaziri örinbosari, Xotin-qizlar qömitasi raisi Tanzila Norboyeva Kattaqörğonda içki işlar xodimi tomonidan ayol kişi tahqirlanganiga yana bir munosabat bildirdi.
«Hurmatli yurtdoşlar! Samarqandlik singlimizga qilingan qöpol munosabatni men ayol sifatida, Qömita rahbari sifatida keskin qoralayman. Şu kimsaning jazolaniş jarayonini albatta şaxsiy nazoratimga olaman. Sud jarayonida ham albatta vakillarimizning qatnaşib, Ayol şa'nini himoya qilinişini ta'minlayman. Bunday holat qaytarilmasligi yuzasidan içki işlar vazirligi bilan muzokaralar taşkil qilinişini ma'lum qilaman», — deyiladi Norboyevaning Facebook’dagi sahifasida qoldirilgan postda.
Bundan avvalroq Norboyeva kattaqörğonlik ayol voqeasiga munosabatida respublika xotin-qizlar qömitasi ayollar bilan, u qanday xato qilib qöyganidan qat'iy nazar, bunday munosabatda bölişga mutlaqo qarşiligini, qömita şu ayolning muammosi bilan albatta şuğullanişini bildirib ötgandi.
4 iyul kuni internetda Kattaqörğondagi voqea videosini tarqatdi — unda Kattaqörğonda militsiya xodimi öğirlikda gumon qilingan bir ayolni qip-yalanğoç yeçinişga majbur qilgani tasvirlangandi. Içki işlar xodimi ayolni şu ahvolda köçaga haydamoqçi böladi va bu jarayonni videoga oladi. Keyinroq gumondor ayol qöyib yuborilgan.
Avvaliga Boş prokuratura matbuot xizmati San'at Umarov uşlangani va unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllaş masalasi körib çiqilayotganini ma'lum qildi.
«Bu — çidab bölmas holat. Qanday lavozim yo unvonda bölişdan qat'i nazar bunday harakatga mutlaqo yöl qöyib bölmaydi», degandi Boş prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova.
Şuningdek Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlaridan biri Rasul Kuşerbayev voqeaga munosabat bildirdi: «Ular öğri deb gumon qilingan ayolni emas, butun boşli millatni, xalqni, davlatni yeçintiribdilar. Qonunlarimizni, orimizni, erkak degan nomimizni oyoqosti qilibdilar».
Eng oxiri bölib Özbekiston Içki işlar vazirligi bayonot berdi. Unda kattaqörğonlik ayolning tahqirlanişi bilan boğliq videodagi «salbiy holatlar» vazirlik xodimi tomonidan sodir etilganini tan olingan. Şu bilan birga San'at Umarov — içki işlar organlari safiga tasodifan kirib qolgan nopok xodimligiga urğu berilgan.

















