Şahrisabzlik Qahramon Uzoqov 400 kmdan ortiq masofani nogironlik aravaçasida bosib ötib, Tashkent city'ga yetib keldi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
1 iyul kuni Kun.uz saytida Qahramon Uzoqovning Şahrisabz-Samarqand-Toşkent yönalişida sayohatga çiqqani haqida xabar berilgandi. Uning aytişiça, nogironlik aravaçasida yirik quriliş loyihalari amalga oşirilayotgan Tashkent city sayohatning sönggi manzili sanaladi.

«Uzoq yölga çiqqanimda menga köpçilik işonmadi. Sayohatning 16 kuni, mana yetib keldim. Xudoga şukur! Özgarişlar, yangilanişlar juda köp, işonmasangiz, siz ham yurt aylaning», deya körganlarini aytib bera boşladi.
Qahramonning ta'kidlaşiça, yölda uçragan minglab haydovçilarning deyarli barçasi uni qöllab-quvvatladi.
«Göyoki, butun olam meni qöllab turdi. Suv berib ötadi, ozroq suhbat qiladi, suratga tuşadi... Kimdir qöyarda-qöymay pul berdi, heç bölmaganda, signal çalib, jilmayib ötadi. Ular orasida 4-5 nafar sökonğiçlar ham bor. Yöl-yölakay tunaş uçun joy topiş ham qiyin böldi. Uyida joy böla turib, kiritmaganlar ham bor, ammo ularning harakati heç qaçon yaxşi odamlar bajarayotgan işlarga soya solmaydi. Yaxşilar dunyoda köp», deydi u.

Samarqandda Imom al-Buxoriyni ziyorat qilgan Uzoqovni Toşkent şahrida Tashkent city direksiyasi direktorining birinçi örinbosari Hayot Inogamov va bir guruh quruvçi-muhandislar qarşi olişdi.
«Televizorda körgan boşqa, jonli, öz közlarim bilan köriş boşqa ekan. Endi qişloqdagilarga bularni aytib bersam, işonarmikan», deb kuladi Qahramon.
Unga Tashkent city direksiyasi nomidan esdalik sovğalari topşirildi. 16 kunlik noodatiy safardan söng, Uzoqov şifokorlar körigidan ötib, 7 iyul kuni Şahrisabzga jönab ketdi. Bu gal u Qaşqadaryoga yengil avtomobilda qaytib ketdi.

Imkoniyati çeklangan şaxsning yordamçilarsiz uzoq yöl bosib ötişi, ayniqsa Özbekiston haqida gapirsak, Qahramon Uzoqov voqeasi yorqin hodisaga aylandi. Bu bilan, u kişilarga orzu-umid yo istaklar sari dadil qadam taşlaşni örgatdi. Özbekiston böylab sayohat qilişni rejalaştirayotgan Qahramonimizning eng katta orzusi esa aravaçada Hajga yetib boriş...
















