Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 10 iyul kuni mamlakatimizda atom elektr energetikasini barpo etiş böyiça taşkiliy-texnik çora-tadbirlarni amalga oşiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.
Prezident matbuot xizmati xabarida ma'lum qilinişiça, bugungi kunda Özbekistonda elektr energiyasiga bölgan talab 69 milliard kilovatt-soatni taşkil etadi. Bu quvvatning qariyb 85 foizi gaz va kömirni yoqiş orqali, qolgan 15 foizi gidroelektr stansiyalarida işlab çiqariladi. Buning uçun yiliga 16,5 milliard kub metr tabiiy gaz, 86 ming tonna mazut va 2,3 million tonna kömir sarflanadi.
Kelgusida iqtisodiyot ösişi, aholi soni va turmuş darajasi oşişi evaziga elektr energiyasiga bölgan talab yanada ortişi kutilmoqda.
«Bu sohada faqat tabiiy gaz va kömirdan foydalanişni davom ettiraversak, ularning mavjud zaxirasi ma'lum vaqtdan keyin tugab qolişi mumkin. Bu esa kelajak avlod oldida keçirib bölmaydigan xato va jinoyat böladi», degan Şavkat Mirziyoyev.
Şu bois Özbekistonda tinç maqsadlarda foydalaniş uçun atom energetikasini barpo etişga kirişildi. Rossiyaning «Rosatom» davlat korporatsiyasi bilan hamkorlikda atom elektr stansiyasini quriş böyiça kelişuvga erişildi. Mazkur kompleks 2ta energoblokdan iborat, har birining quvvati 1 ming 200 megavatt böladi. Atom elektr stansiyasi uçun dunyodagi eng xavfsiz va zamonaviy egergoblok tanlab olingan. Uni 2028 yilgaça işga tuşiriş rejalaştirilgan.
Atom elektr stansiyasi barpo etilişi natijasida yiliga 3,7 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi. Bu manba qayta işlanib, yuqori qöşilgan qiymatli neft-kimyo mahsulotlari işlab çiqariladi.
Atom energiyasi ekologik toza ham. Bunday stansiyalar zararli is gazini hosil qilmaydi. Natijada tabiiy gazni yoqişdan hosil böladigan va atrof-muhitga tarqaladigan is gazi hajmi yiliga 3 million tonnaga kamayadi.
Yiğilişda atom elektr stansiyasini quriş, undan foydalaniş, xavfsizligini ta'minlaş bilan boğliq taşkiliy-texnik va amaliy işlar muhokama qilindi.
Prezident şunday obektlarni quriş böyiça rivojlangan davlatlar tajribasi asosida iş tutiş, atom elektr stansiyasini joylaştiriş böyiça texnik şartlarni işlab çiqiş va geologik-qidiruv işlarini sifatli bajariş böyiça topşiriqlar berdi.



















