“Özbekipaksanoat” uyuşmasi raisi B.Şaripov Avstriyada mamlakatimizda ipakçilikni yanada rivojlantiriş, xorijiy investorlarni jalb qiliş maqsadida YuNIDO va FAO vakillari bilan kelgusida hamkorlikda bajariladigan loyihalar böyiça muzokaralar olib bormoqda. 

Ana şunday uçraşuvlardan biri – BMTning sanoat rivojlanişi böyiça taşkiloti YuNIDOning boş direktori Li Yong bilan böldi. 

Foto: Özbekipaksanoat

Uçraşuvda janob Li Yong joriy yilning aprel oyida YuNIDOning ekspertlari Özbekistonda bölgani, ular ipakçilik sohasini yanada rivojlantiriş istiqbollarini örganib, ijobiy taassurotlar bilan qaytişganini, kelgusida özaro manfaatli loyihalarni amalga oşirilişini ta'kidladi. 

Uçraşuvda ipak sanoatini texnologik jihatdan yangi bosqiçga olib çiqiş va yuqori qöşilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar işlab çiqarişni rağbatlantirişni közda tutuvçi loyihalar ustida işlanayotgani ma'lum qilindi. 

Foto: Özbekipaksanoat

Muzokaralar natijasida OFID vakillari loyihalarni töliq qöllab-quvvatlaşlarini bildirişdi. Taşkilotning Osiyo departamenti boşliği A.Taylxardat va Markaziy Osiyo bölimi boşliği A.Alxunaif joriy yilning sentabr oyida Özbekistonga kelib, sohada amalga oşirilayotgan özgarişlar bilan bevosita tanişiş istagini bildirdi. 

Foto: Özbekipaksanoat

Eslatib ötamiz, OFID 1976 yilda rivojlanayotgan davlatlarga texnik va moliyaviy kömak körsatiş maqsadida taşkil etilgan bölib, bugungi kunga qadar 134 dan ortiq davlat uşbu taşkilot bilan manfaatli hamkorlik loyihalarini amalga oşirmoqda. YuNIDO esa 1966 yil taşkil topgan bölib, uning asosiy maqsadi rivojlanayotgan davlatlarning industrial yuksalişiga kömaklaşişdir. Hozirda dunyodagi 167 davlat bu taşkilotning a'zosi hisoblanadi. Ular sirasiga Özbekiston ham kiradi.