Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi sanoat parkida yuz bergan portlash oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi
Xitoyning janubi-g‘arbidagi Sichuan viloyatida joylashgan sanoat parki hududida portlash yuz berishi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, 12 kishi jarohat oldi. Bu haqda mahalliy OAV xabar qilgan.
Voqea 12 iyulda mahalliy vaqt bilan soat 18.30da Ibin shahridagi Tszyan'an uyezdida yuz bergan.
Portlash kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi fabrikaning 3 qavatli binosini to‘liq yo‘q qilgan, yaqin oradagi binolar oynalari singan. Portlashdan keyin boshlangan yong‘in bartaraf etilgan.
Voqea joyiga mahalliy hukumat vakillari kelishgan, voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026