11 iyul kuni «Masjid va madrasalar uçun kitob aksiyasi» doirasida Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanidagi 15 ta masjidga jami hisobda 18 mln sömlik 40 turdagi 735 ta kitob yetkazib berildi. Bu haqda vaqf.uz saytida ma'lumot keltirilgan.

Ma'lumotlarga köra, masjidlarning har biriga Özbekistonda naşr etilgan Qur'oni karim va «Men ham namoz öqiyman» kitoblari uç donadan, «Muallimi soniy» va «Odam ato va Momo havo» kitoblari ikki donadan, şayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub «Qur'oni karim ma'nolar tarjimasi», «Odoblar xazinasi» töplami, «Muhammad sollallohu alayhi vasallamga sodiq Muhammad Sodiq», «Baxtiyor oila», «Ijtimoiy odoblar», «Islom tarixi» töplami, «Amallar niyatga boğliq», «Bozor va unga boğliq masalalar», «Din nasihatdir», «Folbinlik, sehrgarlik, jin çiqariş işlarining haqiqati», «Yengil amallar», «Zikr ahlidan sörang» kitobining 2-qismi, «Hadis va hayot» kitobining 12 ta juzi, «Halol oçiq oydindir, harom oçiq oydindir», «Möminning me'roji», «Möminning najoti», «Möminning qalqoni», «Möminning umr safari», «Oçiq xat» kitoblari bir donadan vaqf mulki qilib berilgan.




















