Şu yilning 12–14 iyul kunlari Özbekiston yoşlar ittifoqi taşabbusi bilan taşkillaştirilgan «Yoş kitobxon» respublika tanlovining tuman va şahar bosqiçlari bölib ötmoqda.
Jumladan, Samarqand viloyatida ham uşbu tanlov yuqori uyuşqoqlik va taşkilotçilik bilan ötkazilmoqda. Barça tumanlarda va şahar markazlarida «Yoş kitobxon» tanlovi uçun alohida tayyorgarlik körilgan, xonalar maxsus kompyuterlar bilan jihozlangan. Kuzatuvçilar, ziyolilar va yoşlar taşkiloti vakillari tanlovning köngildagidek ötişiga boş-qoş bölişmoqda.
Yoşlar ittifoqi viloyat kengaşi tomonidan Kun.uz’ga berilgan ma'lumotlarga qaraganda, viloyatda 90 mingga yaqin yoş kitobxonlar tanlovda iştirok etiş uçun ariza topşirişgan va savollarga javob berişmoqda.
«Yoş kitobxon» tanlovi doirasida turli kitobxonlik va mutolaa madaniyatiga doir aksiyalar va tadbirlar ham bölib ötmoqda. Jumladan, Samarqand şahridagi 10-sonli mehribonlik uyida Özbekiston yozuvçilar uyuşmasi, Özbekiston Yoşlar ittifoqi şahar kengaşi va Kun.uz tahririyati bilan hamkorlikda yoş kitobxonlar bilan uçraşuv böldi.

Ma'lumki, ijtimoiy tarmoqlardagi kitobxon yoşlarni birlaştirgan «Intellect» klubi va Kun.uz sayti hamkorligida poytaxt hamda viloyatlardagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilari uçun kitob yiğiş xayriya aksiyasi taşkil qilingan edi.
Xayriya aksiyasi yakuniga köra ehsonsevar yurtdoşlarimiz kömagi bilan bir hafta muddat içida mablağ hamda yuzdan ortiq turli nomdagi bolalar uçun möljallangan kitoblar yiğildi. Ana şu kitoblardan bir qismi Samarqand şahridagi 10-son mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilariga ham in'om etildi.

Şuningdek, Özbekiston yozuvçilar uyuşmasi taşabbusi bilan çop etilgan kitoblar ham mehribonlik uyi tarbiyalanuvçilariga topşirildi.



















