Voyaga yetmagan bolalarning ta'minot oliş huquqi qonun bilan kafolatlangan
|00:09 / 14.07.201829 56111 min
Foto: DreamstimeFoto: Dreamstime
Ma'lumki, farzand tarbiyasi har bir ota-ona, qolaversa, jamiyat zimmasidagi öta şarafli va ayni paytda mas'uliyatli vazifalardan biri sanaladi. Lekin hayotda öz farzandini tarbiyalaş va ta'minlaşdan boş tortuvçi ota-onalar ham uçrab turadi. Mamlakatimizda joriy yilning ötgan 6 oyida ajraşib yaşayotgan va voyaga yetmagan farzandining ta'minoti bilan ixtiyoriy şuğullanmagan 17 ming nafardan ziyod fuqarodan sud qarorlari asosida aliment undirilganligi bu fikrning tasdiğidir.
Voyaga yetmagan farzand qaçon imkoni bölsa, otam yoki onam aliment tölasa, keyin yeb-içaman, deb kutib turolmaydi. Şuningdek, öz vaqtida moddiy ta'minlaş bolaning soğlom voyaga yetişida muhim omil hisoblanadi.
Şuning uçun ota yoki ona farzandini moddiy ta'minlaşdan boş tortsa, manfaatdor tomon aliment undiriş haqida öz vaqtida sudga murojaat qilişi lozim. Öz navbatida, buning uçun tegişli qonun talablarini va örnatilgan tartibni biliş taqozo etiladi.
Bu haqda söz borganda, Oila kodeksining 14-bobida ota-ona hamda bolalarning aliment huquqi va majburiyatlari mustahkamlanganini ta'kidlaş zarur. Uşbu kodeksning 96-moddasiga köra, ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berişi şart. Voyaga yetmagan bolalariga ta'minot beriş majburiyatini ixtiyoriy ravişda bajarmagan ota yoki onadan aliment sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyruğiga asosan undiriladi.
Voyaga yetmagan bolalarga aliment tölaş haqida ota-ona örtasida kelişuv bölmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravişda tölanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undiriş töğrisida sudga da'vo yoxud ariza bilan murojaat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari voyaga yetmagan bolaning ta'minoti uçun ota yoki onadan qonunda belgilangan miqdorda aliment undiriş töğrisida da'vo qözğatişga haqlidir.
Oila kodeksining 97-moddasida voyaga yetmagan bolalariga hamda voyaga yetgan, mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga ta'minot berişda ota-ona majburiyatlarining tengligi belgilangan. Qonun talabiga köra, ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta'minot beriş uçun aliment tölaş tartibini özaro kelişgan holda belgilaşga haqlidirlar.
Voyaga yetmagan bolalariga ta'minot beriş uçun aliment tölaş tartibi va şakli haqida ota-ona örtasidagi kelişuv qonunda belgilangan qoidalarga va bolaning manfaatlariga zid bölmasligi kerak.
Qonun talabiga binoan, agar voyaga yetmagan bolalariga ta'minot beriş haqida ota-ona örtasida kelişuv bölmasa, ularning ta'minoti uçun sud tomonidan ota-onaning har oydagi iş haqi va (yoki) boşqa daromadining:
bir bola uçun — törtdan bir qismi;
Mavzuga oid
ikki bola uçun — uçdan bir qismi;
uç va undan ortiq bola uçun - yarmisi miqdorida aliment undiriladi.
Har bir bola uçun undiriladigan aliment miqdori eng kam iş haqining 75 foizi, ya'ni ayni paytda 138 225 sömdan kam bölmagan miqdorda belgilandi.
Qonun normasida voyaga yetmagan bolalarga undirilayotgan aliment miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boşqa e'tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilişi yoki köpaytirilişi mumkinligi belgilangan.
Bu holatda ham kamaytirilgan yoki köpaytirilgan aliment miqdori foizda emas, balki ota-onaning har oydagi iş haqi, boşqa daromadlarining muayyan qismida, ya'ni bola sonidan kelib çiqqan holda, yuqoridagi tartib asosida undirilişini e'tiborda tutiş darkor.
Bundan taşqari Oila kodeksning qator normalarida aliment qat'iy summada belgilanişi nazarda tutilgan. Masalan, ota-onaning voyaga yetgan bolalariga aliment tölaşi, aliment tölaşi şart bölgan ota-onaning iş haqi va (yoki) boşqa daromadi doimo bir xilda bölmay, özgarib tursa yoxud daromadining bir qismini natura tarzida oladigan bölsa, voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalarning ota-onasiga ta'minot berişi holatlari şu jumlaga kiradi.
Oila kodeksining 144-moddasi 2-qismiga muvofiq, qat'iy summada undirilayotgan alimentlarni indeksatsiya qiliş maqsadida alimentning miqdori sud tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik iş haqining muayyan qismiga mos ravişda pul bilan tölanadigan qat'iy summada belgilanadi.
Sud alimentni qat'iy summada undiriş haqida qaror qabul qilar ekan, hal qiluv qarorining xulosa qismida şu summa muayyan miqdorda emas, balki eng kam oylik iş haqining muayyan qismiga mos ravişda undirilişini körsatişi lozim.
Sodda qilib aytganda, sudning hal qiluv qarori xulosa qismida undiriladigan qat'iy summa 200.000 söm (yoki 300.000 söm) miqdorida deb emas, balki eng kam oylik iş haqining 1,5 baravari (yoki 2 baravari) miqdorida deb qayd etilişi kerak.
Oila kodeksining 136-moddasiga muvofiq, aliment sudga murojaat etilgan paytdan boşlab undiriladi.
Agar ta'minot uçun mablağ oliş çoralari sudga murojaat qilingunga qadar körilganligi, ammo aliment tölaşi şart bölgan şaxsning uni tölaşdan boş tortgani oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, ötgan davr uçun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boşlab uç yillik muddat doirasida undirib olinişi mumkin.
Sud hal qiluv qarorining xulosa qismida aliment qaysi sanadan undirilişi körsatilişi şart.
Qonun talabi böyiça, voyaga yetmagan bolalar huquqini öz vaqtida himoya qiliş maqsadida aliment undiriş töğrisidagi sud buyruği yoki hal qiluv qarorlari darhol ijroga qaratiladi.
Amaldagi fuqarolik protsessual qonunçilik talabiga köra, qonuniy nikohdan tuğilgan voyaga yetmagan farzand ta'minoti uçun aliment undiriş haqidagi talab soddalaştirilgan tartibda, ariza beruvçi va javobgarni çaqirmasdan, sud buyruği çiqariş orqali 3 kunlik muddatda ko‘rib çiqiladi.
Bunda arizaga nikoh guvoxnomasi yoki nikoxdan ajraşganlik haqidagi guvohnoma, farzand tuğilganligi haqidagi guvohnoma nusxalari, şuningdek, yaşaş va agar javobgarning iş joyi aniq bölsa, iş haqi töğrisida ma'lumotnoma ilova qilinişi kifoya.
Endilikda voyaga yetmagan bolalar ta'minoti böyiça aliment undiriş uçun arizalarni uydan çiqmasdan, fuqarolik işlari böyiça tegişli sudlarga elektron ravişda yuboriş imkoniyati mavjud.
Uşbu jarayonni Özbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQŞ Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va BMT Taraqqiyot dasturining "Özbekistonda qonun ustuvorligi yölida hamkorlik" qöşma loyihasi doirasida işlab çiqilib, ayni paytda samarali tatbiq etib kelinayotgan E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimi orqali tez va qulay tarzda amalga oşiriş mumkin. Buning uçun quyidagi oddiy harakatlarni bajariş kifoya:
7) qarzdor haqidagi ma'lumotlarni töliq va aniq kiritiş;
8) talab turiga köra, tegişli ma'lumotlarni kiritiş;
9) tölangan davlat boji miqdorini körsatiş;
10) ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning, şu jumladan, davlat boji tölanganligini tasdiqlovçi hujjatning elektron nusxasini axborot tizimiga yuklaş;
11) "Saqlaş va jönatiş" tugmasini bosiş lozim.
Murojaat qabul qilinganligi haqidagi ma'lumotni va uç kun içida natijasi bo‘yiça sud qarorini elektron şaklda oliş, ya'ni sudga kelmasdan turib, voyaga yetmagan farzand ta'minoti uçun aliment undiriş mumkin.
2018 yilning birinçi yarmida E-SUD tizimi orqali kelib tuşgan aliment undirişga oid 15 ming 528 ta elektron ariza ijobiy hal etilgan. Bu, öz navbatida, şunça miqdordagi voyaga yetmagan, ta'minotga muhtoj bolalarning moddiy ta'minot oliş böyiça huquqlari öz vaqtida tiklanganini anglatadi.
Şu örinda voyaga yetmagan bolalar huquqini himoya qiliş borasida amaldagi qonunçilikka qator özgartiş va qöşimçalar kiritilganini ta'kidlaş maqsadga muvofiqdir. Xususan, endilikda alimentni bola voyaga yetgunga qadar köçar va köçmas mulk yoki boşqa qimmatli narsalar beriş orqali bir yöla oldindan tölaş mumkin.
Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz şaxslarni, şuningdek, moddiy yordamga muhtoj ota-onani moddiy ta'minlaşdan böyin tovlaş holatlari uçun köriladigan sudlov çoralari kuçaytirildi.
Ya'ni sud hal qiluv qarori yoki sud buyruğiga binoan undirilişi lozim bölgan mablağni jami ikki oydan ortiq muddat mobaynida tölamaslik — 15 sutka muddatga ma'muriy qamoqqa oliş yoki ma'muriy qamoq qöllanilişi mumkin bölmagan şaxslarga eng kam iş haqining 20 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.
Uşbu harakat ma'muriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilsa, ikki yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki bir yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosi qöllaniladi.
Bu harakat ilgari hukm qilingan jinoyatiga öxşaş jinoyat sodir etgan, ya'ni muqaddam voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz şaxslarni moddiy ta'minlaşdan böyin tovlagan şaxs, xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bölsa, ikki yildan uç yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki uç yilgaça ozodlikdan marhum qiliş bilan boğliq jazo belgilanadi.
Yana bir muhim jihat: agar şaxs aliment majburiyatlari böyiça qarzdorlikni töliq tölagan bölsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.
Xulosa qilib aytganda, ma'muriy huquqbuzarlik uçun javobgarlik va jinoiy javobgarlik haqidagi amaldagi qonunçilikka kiritilgan uşbu qöşimça va özgartişlardan közlangan maqsad, bir tomondan, voyaga yetmaganlar va mehnatga layoqatsiz şaxslarning moddiy ta'minot oliş huquqlarini töla himoya qiliş bölsa, ikkinçi tomondan, ularning moddiy ta'minotiga javobgar şaxslarning mas'uliyatini oşiriş sifatida namoyon böladi.
Xolmömin Yodgorov,
Özbekiston Respublikasi
Oliy sudi raisi örinbosari
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi