Samarqand viloyati hokimining quriliş masalalari böyiça örinbosari, viloyatning sobiq hokimi Turobjon Jörayev işi doirasida qölga olingani aytilgan Ötkir Abdullayev ayni vaqtda öz faoliyatini davom ettirmoqda.

«Kun.uz» muxbiri Samarqand viloyati hokimiyatidagi manbalardan aniqlik kiritişiça, Ötkir Abdullayev 14 iyul kuni işga çiqqan, u 16 iyul kuni ham işda böladi, uning viloyat hokimligida Turobjon Jörayev tomonidan taşkil etilgan korruptsion tizimga aloqasi yöqligi isbotlangan.

13 iyul kuni Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi  Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jörayev korruptsion tizim yaratgani oşkor bölganligi töğrisida xabar bergan, jinoyat işi doirasida hibs qilinganlar orasida viloyat hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiya va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari Ötkir Abdullayev ham borligi ma'lum qilingandi.

Şu bilan birga, iş doirasida qölga olingan, viloyat hokimligida işlagan boşqa amaldorlar —  quriliş böyiça mutaxassis Bahodir Xojaqulov va hokim yordamçisi Botir Xojaqulov Turobjon Jörayev kabi hamon hibsda qolmoqda.