Bekmurod Abdullayev Toşkent şahar IIBB YHXB boşliği lavozimiga tayinlangani haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi. Bu haqda IIV jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi ma'lum qildi.

Bugungi kunda polkovnik Bekmurod Abdullayev Toşkent şahar IIBB Qöriqlaş boşqarmasi boşliği lavozimida xizmat faoliyatini davom ettirmoqda.

IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasiga esa boşqarma boşliği tayinlanmagan.

Şu yilning mayida Toşkent şahar Yöl-harakati xavfsizligi sobiq boşliği Barat Mamenov vazifasidan ozod etilganidan buyon bu lavozim böş qolmoqda. Öşanda uning birinçi muovini Ma'ruf Hamroyev ham işdan olingandi. Iyul oyi boşida bu lavozimni podpolkovnik Baxtiyor Nigmanov egalladi.