Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri Inom Majidov oliygohlarda tölov-kontrakt summasining oşirilişiga munosabat bildirdi. Vazirning aytişiça, oxirgi bir yil davomida eng kam iş haqi oşirilgani holda tölov-kontrakt miqdori özgarmay qolgandi.
«Kontrakt tölovi masalasiga kelsak, har yili oylik maoşi, stipendiya, pensiya miqdori oşirilganda uning ham indeksatsiyasi kötariladi, çunki kontrakt tölovining tarkibida talabalar stipendiyasi, öqituvçilar oyligi ham bor. Şu maqsadda EKIH yuqorilasa, tölov ham u bilan proporsionallikda oşirib boriladi», deydi vazir.

Ma'lumot uçun, Şavkat Mirziyoyevning farmoniga köra, 15 iyuldan boşlab byudjyet muassasalari va taşkilotlari xodimlarining iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori örta hisobda 1,07 baravarga oşdi.
Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari, ÖzLiDeP fraksiyasi a'zolari Abduraşid Abduqodirov va Rasul Kuşerbayev esa oliy öquv yurtlarida tölov-kontrakt summasini pasaytiriş ğoyasini ilgari surişmoqda.
Vazir bilan intervyuni quyidagi havola orqali töliq holda tomoşa qiliş mumkin.
Mover'da köriş (Tas-ix)
Youtube'da köriş
















