Bugun, 21 iyul kuni Toşkent şahar hokimligida poytaxt hokimi va tadbirkorlar, xorijiy investorlar iştirokida “Toşkent şahrini rivojlantiriş va investitsiyalarni jalb qiliş”ga bağişlangan “oçiq eşiklar” kuni ötkazilmoqda.

Tadbirni şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev oçib berdi.

“Safimizga borgan sari yangi tadbirkorlar va investorlar qöşilmoqda. Maqsadimiz bitta - şaharni rivojlantiriş va aholi farovonligini ta'minlaş. Ança yillar, deyarli, 25 yil davomida uxlab qolgan mamlakatni uyğotiş. Ya'ni, Toşkent şahrida quriliş va tijoratni rivojlantiriş. Mamlakat iqtisodiyotini har tomonlama kötariş.

Hokimlik jamoasi hammaga yordam beradi. Heç qanday korrupsiyasiz. Faqat bir iltimos - loyihangizni vijdonan bajaring. Mavjud binolarni buzilişga tuşirib, qurişni rejalaştirmang. Bizning bir şiorimiz bor - sizlar bilan işlaş jarayonida oçiqlik va şaffoflikni ta'minlaş”, - dedi J.Ortiqxöjayev.

Tadbirda 100dan ortiq tadbirkor va investorlar qatnaşmoqda. Toşkent şahar hokimi har bir tadbirkor va investor bilan şaxsan suhbatlaşmoqda. Ularning loyihalari bilan tanişmoqda.