Ukraina prezidenti Petro Poroşenko özining feysbukdagi sahifasida Donetsk va Lugansk viloyatlarining barça şaharu qişloqlarida Ukraina bayroği hilpiraşini aytdi.

«Aminmanki, Ukrainaning kök-sariq bayroği Donetsk va Luganskdagi barça şahar va qişloqlar uzra hilpiray boşlaydi», deya yozadi Poroşenko.

Avvalroq, Pooşenko Kiyev Donbassga BMT tinçlikparvar kuçlari kiritilişi bilan hududda saylovlarga tayyorgarlik körişni boşlaşini aytgan edi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donald Tramp bilan bölib ötgan uçraşuv çoğida Donbassda referendum ötkaziş taklifini bergan edi. Sönggi ma'lumotlarga qaraganda, bu taklif Amerika tomonidan qabul qilinmagan.