Özbekistondagi oliy ta'lim muassasalari rektorlari abituriyentlar va ularning ota-onalariga murojaat yölladi. Murojaat matni Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati tomonidan keltirilgan.

Rektorlar murojaatda ta'lim-tarbiya işlarini zamon talablari asosida taşkil etiş, unga ilğor innovatsion ğoyalarni olib kiriş, yoşlarning iste'dodlarini namoyon etişlari uçun yetarliça şart-şaroitlar yaratib beriş hamda poraxörlik va tamagirlikning oldini olişga va'da berişgan.

«Har işda halol va vijdonan yöl tutiş, oliy ta'lim muassasalarini haqiqiy ma'nodagi ma'rifat va halollik maskaniga aylantiriş, şuningdek, bu yilgi qabul jarayonlarini şaffof, adolatli va halol ötkazişga va'da beramiz. Bugun özingiz uçun kasb tanlab, öqişga kirişga ahd qildingizmi, öz bilimingizga, aql-zakovatingizga va sizlarga şu şaroitlarni yaratib bergan Prezident işonçiga munosib böling va munosib iş qiling. Kiriş imtihonlariga, test sinovlariga puxta tayyorgarlik körib, bu imtihonlardan öz bilimingiz bilan ötişga bel boğlang», - deyiladi jumladan murojaatda.

Şuningdek, murojaatda «Korrupsiya töğrisida»gi Qonunning tegişli bandlariga köra pora bergan ham, pora olgan ham qonun oldida teng javobgar sanalişi va muqarrar jazoga tortilişi eslatib ötiladi.

«Farzandingizga yordam beraman desangiz, noörin va pinhona xatti-harakatlarga yöl qöymang! Bu yöldagi nojöya qadam bilingki, kun ötib bir kun bolangiz kelajagi uçun qattiq zarba bölişi mumkin. Bir haqiqatni unutmang! Pora bilan öqişga kirgan inson, butun hayoti davomida şu pulni qaytarib işlab oliş harakatida böladi. U öqituvçimi yoki şifokor, mas'ul mutasaddimi yoki oddiy işçi qat'i nazar oldiga kelgan har bir insonga «tovar» sifatida qaraydi va undan doimo tama qiladi. Tama bilan suğoriladigan qalbda esa yaxşilik uruği unmaydi. Tama va pora zanjirini qabul jarayonlaridayoq uzaylik! Toki u boşqa niş urmasin! Farzandlarimiz qölida zanjir bölib, ularni panjara ortiga boşlamasin!», deyiladi ota-onalarga qarata.