Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toşkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlaş tizimini tubdan takomillaştiriş va samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

Qarorga muvofiq, Toşkent axborot texnologiyalari universitetida va uning filiallarida 2018-2019 öquv yilidan boşlab axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlaş böyiça öqitişning kredit tizimi joriy etildi. 

Universitet va uning filiallari tarkibidagi akademik litseylarning ta'lim dasturlari zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalaniş asosida matematika, fizika, çet tili va axborot texnologiyalariga oid fanlar çuqur öqitilişi nazarda tutilgan holda çiqiladi.

Şuningdek, Universitetda fundamental fanlar va muhandislik-texnika fanlari sohalari böyiça doktorlik dissertatsiyalari himoyalarini ötkazişga möljallangan ilmiy kengaşlar oçiladi.

Kredit tizimida talabaning ma'lum öquv kursini özlaştiriş darajasi turli mezonlar asosida belgilanadigan ma'lum miqdordagi kreditlar summasini yiğişiga boğliq böladi.

Yiğiladigan umumiy kreditlar talabaning darslardagi faol iştiroki, muayyan öquv kursi davomida olingan test natijalari, ilmiy izlanişlar, oğzaki va yozma imtihonlar, amaliyot natijalari asosida belgilanadi.