Nigeriyalik tadbirkor Aliko Dangote bir necha yil ichida Londonning «Arsenal» klubini sotib olish niyati borligini aytdi.
«Arsenal» klubini 2020 yilgacha sotib olmoqchiman. Agar u boshqa birovga sotib yuborilsa ham o‘z niyatimdan qaytmayman» - deb Dangote so‘zlarini keltirmoqda Evening Standard.
Eslatib o‘tamiz, ayni paytda «Arsenal» aksiyalarining nazorat paketiga amerikalik tadbirkor Sten Kronke egalik qiladi. Avvalroq, u bir necha marotaba klubni sotish haqidagi takliflarni rad qilgan edi.
















