Belgiyaning aholisi eng köp bölgan Flandriya viloyati rahbariyati kuçli qurğoqçilik sababli quvurdan keluvçi suvning erkin sarflanişiga taqiqlov kiritdi.

Belgiyaning şimolida joylaşgan Flandriyada 25 iyulda termometr körsatgiçi 34 daraja issiqqaça kötarilgan.

1976 yildan beri kuzatilmagan bunday kuçli issiq havo şaroitida aholiga boğ va tomorqani suğoriş va avtomobillarni yuviş uçun quvurdan keluvçi va sizot suvini qöllaş taqiqlangan.

“Suvni tejaş haqidagi qarorga köra Antverpenda barça şahar favvoralari vaqtinçalik öçirib qöyilgan”, deb aytilgan xabarda.