Saudiya Arabistoni fuqarolik mudofaasining uçuvçilarni tayyorlovçi mahalliy maktabi xotin-qizlardan iborat birinçi talabalar guruhini qabul qilişga tayyor. 

Saudiya Arabistonida ayollar uçun avval yopiq bölgan sohalar oçilmoqda. Şunday qilib, Fors körfazi qirğoğidagi Ad-Dammam şahrida joylaşgan Oxford Aviation Academy aviamaktabi filiali ayollarni qabul qilayotgani haqida e'lon qilindi. Gulf News şu haqida xabar berdi. 

Yuzlab ayollar özlarini samolyot boşqaruvi qarşisida sinab körişga tayyorlar. Oxford Aviation Academy rasmiy saytida ma'lum qilinişiça, maktabda jami 400 kursant ta'lim oladi. 

Imtihonlar va tegişli tibbiy testlardan ötgan talaba qizlar şu yilning sentabridan öqişga kirişişlari mumkin. Öquv muassasasi rahbarining sözlariga köra, kursantlar uç yilda fuqarolik mudofaasi litsenziyasini olişlari mumkin. 

"Biz endi ayollar özlarini faqat çeklangan professional sohalarda namoyon qilişi mumkin bölgan mamlakatda yaşamayapmiz. Barça yöllar oçilmoqda. Sizda istak bölsa, imkon albatta topiladi!", - deydi abituriyent qizlardan biri Dalal Yaşar.