O‘zbekiston | 10:21 / 28.07.2018
11000
2 daqiqa o‘qiladi

Yer uchastkalarining olib qo‘yilishi tufayli yetkazilgan zararni qoplashning yangi mexanizmi joriy etiladi

Foto: Pixabay

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplashning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi mexanizmini joriy etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi: 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha markazlashtirilgan jamg‘armani tashkil qilish; 

Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning aniq manbalarini belgilash, ularda mahalliy byudjyetlarning daromad qismi mablag‘lari jalb qilinishini nazarda tutish; 

davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishini Jamg‘arma bilan majburiy tarzda kelishish tartibini joriy etish. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning aniq manbalarini nazarda tutgan holda, Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hukumat qarorini qabul qiladi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid