Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirish bekor qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va Adliya vazirligining 2018 yil 1 oktabrdan ko‘chmas mulkka (yer uchastkalari, bino va inshootlar, ko‘p yillik dov-daraxtlarga) bo‘lgan huquqni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirishni bekor qilish, tegishli yozuvni ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ular bilan tuzilgan bitimlar davlat reyestriga elektron shaklda kiritish tartibini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
2018 yil 1 oktabrdan shunday tartib joriy etiladiki, unga ko‘ra:
ko‘chmas mulkka bo‘lgan egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar to‘g‘risidagi, shu jumladan, ushbu huquqlarning vujudga kelishi, o‘tishi, cheklanishi va bekor qilinishi, shuningdek, ular bilan tuzilgan bitimlar haqidagi axborot mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat notarial idoralari, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy tuzilmalari, shuningdek, boshqa vakolatli organlar tomonidan “Davergeodezkadastr” qo‘mitasining hududiy organlariga tegishli xatti-harakatlar sodir etilgan kundan boshlab bir kun muddatda axborot-kommunikatsiya tizimlaridan foydalangan holda taqdim etiladi;
“Davergeodezkadastr” qo‘mitasining hududiy organlari ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan axborotga asosan ko‘chmas mulkka bo‘lgan tegishli huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaat qilganda, davlat va boshqa tashkilotlar so‘rov yuborganda “Davergeodezkadastr” qo‘mitasining hududiy organlari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ular bilan tuzilgan bitimlar davlat reyestridan tegishli huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi elektron va (yoki) qog‘oz shakldagi ko‘chirmani taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda ushbu bandning talablaridan kelib chiqqan holda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va ular bilan tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini qayta ko‘rib chiqadi.
Mavzuga oid
23:16 / 03.03.2026
Umrbod qamoq jazosi pedofiliya jinoyatiga takroran qo‘l urgan shaxslarga taalluqli bo‘ladi
22:01 / 25.02.2026
Yigit-qizlar qarshisidagi muammolar yoxud yoshlar siyosati nega muhim?
09:32 / 25.02.2026
Tadbirkorlar va ilm-fan hamkorligi uchun maxsus elektron platforma yaratiladi
18:34 / 14.02.2026