Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida Mehnat vazirligi qoşidagi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi direktori Ravşan Ibragimov bu haqida ma'lumot berdi:

“Taşqi mehnat migratsiyasi sohasida raqobatbardoşlikni oşiriş maqsadida xususiy sektorga keng yöl oçib berildi. Şu paytgaça faqat  Mehnat vazirligi qoşidagi Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi monopol faoliyat olib borardi. Endilikda fuqarolarimizni çet elga işga jönatadigan xususiy agentliklar taşkil qilişga ruxsat beriladi. Bunda jismoniy va yuridik şaxslar litsenziya asosida qonuniy faoliyat olib borişlari mumkin. Uşbu yangilikning joriy etilişi fuqarolarimizni firibgarlar tuzoğiga tuşib aldanib qolişlaridan saqlaydi, ularga qonuniy mehnat qiliş huquqini taqdim etişga xizmat qiladi. Odam savdosi domiga tuşib qolganlarni muhofazalaş borasida yana bir qator işlarni amalga oşiryapmiz. Bulardan biri agentligimiz qoşida jamğarma taşkil qilinib, davlat budjetidan 200 mlrd. söm ajratildi. Uşbu mablağ işçilar malakasini oşirişga, suğurta, soğliqni saqlaş, aviabilet xarajatlariga sarflanadi”.