Buxgalter va auditorlar DSQ huzuridagi markazda malaka oşira oladilar
|00:25 / 31.07.20184 1337 min
Foto: NormaFoto: Norma
Qonun hujjatlari ta'sirini baholaş tizimi portalida Vazirlar Mahkamasining «Davlat soliq xizmati organlari xodimlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori loyihasi muhokama qilinmoqda, deb yozadi Norma.
Eslatib ötamiz, Prezidentning 2018 yil 26 iyundagi «Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ–3802-son qarori bilan Soliq akademiyasi Malaka oşiriş markazi etib qayta taşkil qilindi.
Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda DSQga 2018/2019 öquv yili boşlanguniga qadar quyidagilarning tegişli ta'lim yönalişlari böyiça köçirilişini ta'minlaş vazifasi topşirildi:
• Toşkent moliya institutiga – qayta taşkil etilayotgan Soliq akademiyasining «Soliqlar va soliq soliş» ta'lim yönalişi böyiça bakalavriat 2 va 4-bosqiç talabalarining davlat granti asosida öqiş şaklini saqlab qolgan holda;
• Toşkent davlat iqtisodiyot universitetiga – qayta taşkil etilayotgan Soliq akademiyasining «Soliqlar va soliq soliş» ta'lim yönalişi böyiça bakalavriat 3-bosqiç talabalarining davlat granti asosida öqiş şaklini saqlab qolgan holda, şuningdek 2-bosqiç magistrantlarining tölov-kontrakt asosida öqiş şaklini saqlab qolgan holda.
Şuningdek manfaatdor vazirlik va idoralar Ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça davlat komissiyasiga Soliq akademiyasi qayta taşkil etilişi munosabati bilan 2018/2019 öquv yilida Toşkent moliya instituti va Toşkent davlat iqtisodiyot universitetiga qabul kvotalari böyiça takliflarini kiritişlari kerak.
Belgilanişiça, Markaz davlat soliq xizmati organlari xodimlarini qayta tayyorlovçi va ularning malakasini oşiruvçi, şuningdek soliq ma'muriyatçiligi va soliq siyosatini takomillaştiriş böyiça takliflarni işlab çiquvçi bazaviy öquv-uslubiy va ilmiy muassasa hisoblanadi.
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:
• birinçisi – murakkab va özgaruvçan muhitda uzoq muddatli asosda olingan bilimlarni strukturalaş hamda amaliy vazifalar yeçimiga tizimli yondaşiş könikmalarini hosil qiliş maqsadida qöşimça professional ta'lim dasturlarini işlab çiqiş va amalga oşiriş;
Mavzuga oid
• ikkinçisi – soliq organlarining innovatsion rivojlanişini ta'minlay oladigan davlat soliq xizmati organlarining kadrlar salohiyatini mustahkamlaş va takomillaştiriş;
• uçinçisi – soliq ma'muriyatçiligi va soliq siyosatini takomillaştirişga doir takliflarni işlab çiqiş;
• törtinçisi – kadrlar malakasini oşiriş, qöşma ta'lim dasturlarini amalga oşiriş, professor-öqituvçilar tarkibining malakasini oşiriş va stajirovka ötaşi yuzasidan tajriba almaşiş vositasida yetakçi xorijiy oliy ta'lim va ilmiy muassasalar bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş;
• beşinçisi – tinglovçilarni öqitiş, körsatilayotgan xizmatlar sifati borasida qöyilgan maqsadlarga erişiş uçun pedagoglar va xodimlarning boşqa toifalari professional faoliyat yuritişi uçun zarur şart-şaroitlarni ta'minlaş;
• oltinçisi – buxgalterlar, auditorlar va soliq maslahatçilarini şartnoma asosida öqitiş va malakasini oşiriş;
• yettinçisi – ta'lim jarayoniga masofadan turib öqitiş va treninglar ötkaziş zamonaviy usullarini joriy etiş.
Markazda quyidagi kurslarni taşkil etiş taklif qilinmoqda:
• davlat soliq xizmati organlarida rahbarlik lavozimlarini egallaş uçun zaxirada turgan kadrlar malakasini oşiriş, bir oygaça muddatli;
• davlat soliq xizmati organlariga işga qabul qilinadigan, soliq qonunçiligi va ma'muriyatçiligi, şuningdek soliq organlarida iş yuritişni taşkil etiş asoslariga öqitiş uçun yöllangan şaxslarni qayta tayyorlaş, uç oygaça muddatli;
• soha böyiça oliy ma'lumotga ega bölmagan davlat soliq xizmati organlari xodimlaridan bölgan şaxslarni qayta tayyorlaş, ön oygaça muddatli;
• tumanlar (şaharlar) davlat soliq inspeksiyalari xodimlari uçun malaka oşiriş dasturlari böyiça qisqa muddatli ta'lim (bir oygaça).
Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar davlat soliq boşqarmalari huzurida Markazning yuridik şaxsni taşkil etmaydigan mintaqaviy filiallarini oçiş rejalaştirilmoqda.
Markaz filiallarida tumanlar (şaharlar) davlat soliq inspeksiyalari xodimlarining malakasini oşiriş böyiça qisqa muddatli (bir oygaça) kurslar taşkil etiladi.
Markazning quyidagilarni amalga oşirişiga ruxsat etiladi:
• DSQ bilan kelişgan holda öquv kurslarini taşkil etiş va tinglovçilar kontingentini şakllantiriş tartibini, öquv rejalari va öquv dasturlarini, şuningdek ta'lim jarayonini taşkil etiş uçun zarur boşqa öquv-uslubiy hujjatlarni işlab çiqiş va tasdiqlaş;
• şartnoma asosida, şu jumladan mehnatga soatbay haq tölaş şarti bilan, sud va huquqni muhofaza qiliş organlari, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va boşqa davlat boşqaruvi organlarining malakali xodimlari, şuningdek notijorat taşkilotlari ekspertlari, biznes-tuzilmalar vakillari va xalqaro ekspertlarni öqituvçi sifatida jalb etiş;
• buxgalterlar, auditorlar, soliq maslahatçilarining qisqa muddatli va örta muddatli kurslarda şartnoma asosida öqişi va malaka oşirişini taşkil etiş.
Belgilanişiça:
• Markazga DSQ Raisining buyruği bilan tayinlanadigan direktor boşçilik qiladi;
• Markaz direktori maqomi böyiça DSQ markaziy apparati boşqarmasi boşliğiga tenglaştiriladi;
• Markazning rahbar, boşqaruv, texnik va xizmat körsatuvçi xodimlariga nisbatan DSQ markaziy apparatidagi tegişli lavozimlar uçun nazarda tutilgan mehnatga haq tölaş va moddiy rağbatlantiriş şartlari tatbiq etiladi;
• Markaz professor-öqituvçilari tarkibining lavozim maoşlari oliy ta'lim muassasalari tegişli xodimlarining bazaviy lavozim maoşlari miqdorida belgilanadi;
• Markazning rahbar, boşqaruv xodimlari va professor-öqituvçilari tarkibiga nisbatan maxsus unvonlarga ega bölgan şaxslarga maxsus unvon uçun va köp yil işlaganligi uçun oylik ustamalar belgilagan holda davlat soliq xizmati organlarida xizmatni ötaş şartlari tatbiq etiladi.
Markazni Kiçik halqa yöli köçasi, 3-uy manzilida joylaştiriş rejalaştirilmoqda.