Saudiya Arabistonining Ar-Riyod şahrida Özbekistonning turizm salohiyati, elektron viza (E-VISA) tizimi hamda Toşkent-Jidda-Toşkent yönalişidagi aviareyslarning yölga qöyilişiga doir taqdimot ötkazildi. Bu haqida KUN.UZ muxbiri xabar bermoqda.

Tadbirda Saudiya Arabistoni şayxlari, diplomatik korpus vakillari, Turizm assotsiatsiyasi vakillari, Tadbirkorlar palatasi, mahalliy turfirmalar, Ar-Riyoddagi özbek diasporasi qatnaşdi.

Foto: RixosTour

Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining qöllab-quvvatlaşi ostida IntouristUzbekistan, RixosTour hamda ShoshContactTravel  sayyohlik kompaniyalari taşabbusi bilan ötkazilgan taqdimot haqiqiy özbekona ruhda ötdi.

Foto: RixosTour
Foto: RixosTour
Foto: RixosTour

"Taqdimotda qator mutafakkirlarimiz Imom Al-Buxoriy, Imom At-Termiziy, Imom Al-Moturidiy va islom ilmining boşqa bir qança hadisşunos va mutafakkirlari islom ta'limotiga özlarining beqiyos hissalarini qöşişganiga alohida e'tibor qaratildi. Bu mutafakkirlarning Özbekistonda tuğilib, ilm olib yetişib çiqqani va islom hamda hadis ilmini butun dunyoga keng yoygani qayd etildi. Şuningdek Buxoro hamda Samarqand kabi qadimiy şaharlarimizning sayyohlik salohiyati namoyiş etildi", - deydi RixosTourism boş direktori Şerzod Samiğjonov.

Foto: RixosTour