Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda ikki qavatli dang‘illama uy 2,4 mlrd so‘mlik boshlang‘ich narx bilan auksionga qo‘yildi
Toshkentda ikki qavatli hashamatli uy auksionga qo‘yildi. Bundan E-ijro Auksion ma'lumotlari darak beryapti.
Baholangan narx - 2,4 mlrd so‘m. Bo‘nak miqdori (5%) - 121 mln so‘m. Bu auksion tarixidagi narxi 1 mlrd so‘mdan yuqori bo‘lgan oz sonli lotlardan biridir.
Bino Yunusobod tumanida joylashgan. 2012 yilda qurilgan, yer uchastkasining umumiy maydoni (ga) - 0,07. Uyning maydoni (kv.m) - 449,33. Turar-joy binosi 9ta xonadan iborat.
Obekt jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarori bilan sotuvga qo‘yilgan. Ijro ishi yuritish sanasi - 2018 yil may.
Lot izohida aytilishicha, xonadonda fuqarolar istiqomat qilmoqda, ularni majburiy tartibda chiqarish sud orqali amalga oshiriladi.
Auktsion savdolari 20 avgust kuni bo‘lib o‘tadi, arizalar 18 avgustga qadar qabul qilinadi.
Mavzuga oid
19:48 / 03.07.2026
«Uyim renovatsiyaga tushsa nima bo‘ladi?» – Eng dolzarb savollarga javoblar
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
09:00 / 01.07.2026
Toshkent va Navoiyda mansabdorlar pora bilan ushlandi
22:48 / 28.06.2026