O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan argentinalik Ektor Raul Kuper 6 avgust kuni, tonggi soat 06:10da Toshkentga uchib keladi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar berdi
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida 62 yoshli mutaxassisni kutib olish marosimi tashkil qilinadi.
Shu kuni soat 15:00da Milliy Olimpiya qo‘mitasi anjumanlari zalida Ektor Kuperni muxlislarga tanishtirish marosimi hamda u bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi.
Anjuman davomida argentinalik mutaxassis o‘z rejalari bilan o‘rtoqlashib, jurnalistlar savollariga javob berib o‘tadi.
Ektor Kuperning terma jamoamiz uchun optimal variant ekaniga 4 sababEktor Kuper boy bergan 8 oltin
Eng so‘nggi futbol yangiliklarni Tribuna.uz'ning Telegram-kanalida kuzatib boring.

















