Joriy yilning sentabr oyida Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning Özbekistonga taşrifi kutilmoqda. Bu haqda Senat qömita raisi Alişer Kurmanov ma'lum qildi.

«Belarus Prezidentining Özbekistonga taşrifi yuzasidan Taşqi işlar vazirligi tegişli işlarni olib bormoqda», deb ma'lum qildi Alişer Kurmanov.  

Qömita raisining xabar berişiça, Lukaşenkoning taşrifi davomida Özbekistonda «Özbekiston-Belorus mintaqalari forumi» taşkil etiladi. 

«Uşbu forum ikki davlat parlamentining kelişuvi asosida amalga oşirilmoqda. Forum mintaqa hayotiga oid iqtisodiy-ijtimoiy masalalarni körib çiqişini inobatga olib, uni taşkil etiş masalalari bevosita parlament nazoratiga olingan. Bu masala Özbekiston Respublikasi Senati raisi Niğmatulla Yöldoşevning Minskka rasmiy taşrifi mobaynida muhokama etilgan hamda forumning birinçi işi Belarus Respublikasi davlat rahbarining Özbekistonga taşrifi davomida bölişi ma'lum qilindi. Forumning keyingi işlarini odatiy tarzda taşkil etiş rejalaştirilgan», deydi u.

Eslatib ötamiz, Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov 20 iyul kuni Belarus Respublikasining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Leonid Mariniçni qabul qilgandi. Uçraşuvda e'tibor bölajak Özbekiston-Belarus oliy darajali uçraşuviga tayyorgarlik köriş, jumladan taşrifning kun tartibi va dasturi masalalariga qaratilgan. Avvalroq uşbu uçraşuv 12-14 sentabr kunlari bölib ötişi ta'kidlangandi. 

Bundan taşqari, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin ham şu yilning kuz faslida Toşkentga taşrif buyurişi ma'lum qilingan.​