Qozoğistonning Aqtöbe viloyatida 52 nafar özbekistonlik yölovçining hayotiga zomin bölgan avtobus işi böyiça sudning navbatdagi majlisi noma'lum muddatga qoldirildi. Bu haqda «RIA Novosti» Aqtöbe viloyati sudi vakiliga tayangan holda xabar bermoqda.
«Hozirça qoldirildi... Ular (ayblanuvçilarning himoyaçilari) sud işini Aqtöbega köçirişmoqçi», - deya aytib ötdi agentlik suhbatdoşi. Uning qöşimça qilişiça, bu asosiy sud majlislari bölib ötişi belgilangan Irgiz qişloğida advokatlarning yaşaşi uçun şaroitlar mavjud emasligi bilan boğliq.
Sud jarayoni boşlanişining yangi sanasi hozirça noma'lum.
Eslatib ötamiz, haydovçilar Maksat Pernebekov, Nurjan Qirğizboyev va Barat Tanatarov yonğin xavfsizligi qoidalari, ular ikki yoki undan köproq kişining ölimiga sabab bölgan, transport vositalaridan foydalaniş qoidalarini buzişda ayblanmoqda. Haydovçilar bilan birga yana ikki kişi işda ayblanuvçi sifatida qayd etilgan, ular garov evaziga ozodlikka çiqarilgan: maş'um avtobusni reysga çiqargan mexanik, - uni avtobusni yönalişga texnik nosozliklar bilan yuborganlikda ayblaşmoqda - hamda avtobus tegişli bölgan taşuvçi firma ta'sisçisi Nurlibek Telepbayev.
Avvalroq, Aqtöbe fojiasining yangi tafsilotlari ma'lum bölgandi.

















