Manbaga ko‘ra, o‘simta erta bosqichda aniqlangan.
Suriya Arab Respublikasi Prezident ma'muriyati Facebook'dagi sahifasi orqali birinchi raqamli xonimga tezda sog‘ayib ketishga doir tilak bildirilgan. Xabardagi suratda Bashar Asad shifoxona palatasida turmush o‘rtog‘i bilan aks ettirilgan.
Asma Asad 1975 yilda Londonda tug‘ilgan. U Suriyadan tashqari Buyuk Britaniya fuqarosi hamdir. Asma London universitetini a'lo baholarga tugatgan, keyin AQSh va Yevropaning yirik banklarida faoliyat yuritgan.
2000 yilning oxirida u Bashar Asadga turmushga chiqqan. Juftlikning uch nafar farzandi (ikki o‘g‘il va bir qiz) bor.











