Oziq-ovqat texnologiyalari (fudtex) odamning birlamçi ehtiyojlarini raqamli relslarga ötkazayotgan bölsa-da, bu sanoat faqat olti yil avvalgina jiddiy rivojlanişni boşladi. Işlab çiqarişga yuqori texnologiyalar, yetkazib beriş va taom tayyorlaşni olib kelayotgan startaplar vençur kapitalistlarning “uşlab turiş” refleksini rivojlantirişmoqda: bozor ösmoqda, pitssa qutisi ostida navbatdagi “yakkaşohni” topib oliş uçun barça imkoniyat mavjud.

“Taom partiyasi” ijroçi direktori Mixail Peregudov oziq-ovqat texnologiyalarida nimalar sodir bölayotgani va soha kelajagi qanday bölişi haqida sözlab beradi.
Sohadagi investitsion vaziyat
2018-2023 yillardagi “Oziq-ovqat atrofidagi” texnologiyalari dunyo bozori Research N Reports prognozlariga qaraganda yiliga 6 foiz qöşib borişini va'da qilyapti. Pitchbook ma'lumotlariga köra, 2018 yilning dastlabki beş oyida dunyo fudtex sohasiga 1,3 milliard dollar sarmoya kiritilgan. 2016-2017 yillardagi bu körsatkiç birgalikda qöşib hisoblanganida, segmentga kiritilgan jami sarmoya 1,5 milliard dollardan oşmagan.
Fudtex xalqaro yetakçilaridan biri restoranlardan taom yetkazib beruvçi nemis servisi Delivery HeroIPO vaqtida 4,5 milliard yevro qiymatidagi baholanişga ega böldi. Bir yil ötgaç, 2018 yil iyul holatiga köra, uning kapitalizatsiyasi deyarli ikki baravar köproq.
2017 yilda PepsiCo oziq-ovqat mahsulotlari bilan boğliq texnologik loyihalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida korporativ akseleratorga asos soldi. Mail.ru Group esa bu sohaga kiriş uçun uşbu yilda bölinma taşkil etdi.
Sanoatni şaffof qiliş
Zamonaviy iste'molçilar şişa devorli uylarda yaşaşga tayyor bölmasalar-da, fabrika va logistik xablar devorlari şişadan bölişini istaydilar. Tadqiqot natijalari şuni körsatadiki, özlari iste'mol qiladigan yegulik işlab çiqarilişining jami jarayonlarini nazorat qiliş ehtiyojini bildirmoqdalar. Nazorat qiliş:
ingridiyentlarning kelib çiqişi haqida ma'lumotga ega böliş;
mahsulot qayerda va kim tomonidan işlab çiqarilganiga işonç hosil qiliş;
işlab çiqarişda xavfsizlik qoidalari va xulq-atvor normalariga rioya etilganini biliş;














