Toşkent viloyati hokimi Ğulomjon Ibragimov Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov bilan suhbat davomida bir qator qöşma loyihalarni, şu jumladan, ötgan yil oxirida Özbekistonda işlab çiqarila boşlangan «Kamaz» yuk texnikasini yetkazib beriş yönalişi böyiça işlarni muhokama qildi, deb xabar bermoqda RBK.

«Ularni Samarqandda yiğiş boşlandi, u yerda böş maydon bor edi, dastlab 100ta maşina yiğildi. Harbiylar ularni közdan keçirib, bu yil uçun 1,1 mingta maşinaga buyurtma berişdi. Hozir MAN işlab çiqarişni töxtatyapmiz, u maydonda «Kamaz» iş boşlaydi», - deya aytib ötgan Ibragimov Qozon Kremlida Minnixanov bilan rasmiy uçraşuv davomida.

«Kamaz» Özbekistonda mamlakat harbiy qismlari uçun yuk avtomobillari işlab çiqarişni 10 barobar oşiradi. Yuk maşinalariga xizmat körsatiş uçun katta servis markazi kerak, deya xabar bergan Toşkent viloyati hokimi Ğulomjon Ibragimov Qozon şahrida.