Toşkent şahridagi “Börijar” (“Ilonlik ota” mahallasi) jome masjidiga yangi imom-xatib tayinlandi. Keça asr namozidan söng Özbekiston musulmonlari idorasi raisi örinbosari Ibrohim Inomov jamoatga Mirzatillo Alixonovni “Börijar” jome masjidi imom-xatibi etib tayinlaş töğrisidagi Özbekiston musulmonlari idorasi raisining buyruğini öqib eşittirgan.

Foto: muslim.uz

ÖMI Matbuot xizmati xabariga köra, Mirzatillo Alixonov bungaça Toşkent şahar “Tepa” jome masjidi imom noibi vazifasida faoliyat yuritgan hamda qöşimça ravişda Özbekiston musulmonlari idorasi Kotibiyat bölimida xizmat qilib keladi.

Foto: muslim.uz

Eslatib ötamiz, yaqinda Şayxontohur tumani boş imom-xatibi va “Şayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlangan Husniddin  Abdukarimov Çilonzor tumani boş imom-xatibi va “Börijar” jome masjidi imom-xatibi vazifalarida faoliyat yuritgan edi.