Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 4 avgustdagi “Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari harbiy xizmatçilarining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oşiriş tizimini tubdan takomillaştiriş töğrisida”gi 3898-son qaroriga köra, Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari tizimida haftaning har juma kuni “Ma'naviy yuksaliş va vatanparvarlik kuni” etib belgilandi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, uşbu kunda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar orqali nimalarga alohida e'tibor qaratilişi lozimligi belgilab berildi.
Unga köra, buyuk ajdodlarimizning hayoti va faoliyatidagi yorqin misollarni tarğib qiliş orqali yoşlar va harbiy xizmatçilarda jasurlik va mardlik, faxr va iftixor tuyğularini oşiriş, şuningdek, harbiy xizmatçilar va ularning oila a'zolarining ma'naviy-ma'rifiy bilimlarini mustahkamlaş, ularda vatanparvarlik, Vatanga muhabbat, milliy istiqlol ğoyalariga sodiqlik, Qurolli Kuçlarga hurmat tuyğusini şakllantiriş maqsad qilingan.
Bundan taşqari, harbiy qism va bölinmalarda töplangan eng ilğor tajribalar, jangovar tayyorgarlikda erişilayotgan yutuqlar, mamlakatimiz tarixidagi yorqin voqealarni aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida keng tarğib qilib boriş maqsadida uçraşuvlar, harbiy qismlarga taşriflar taşkil etiş közda tutilgan.
Şuningdek, qarorga asosan Mudofaa, Içki işlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyaning Qurolli Kuçlar tizimida ma'naviy-ma'rifiy işlar samaradorligini oşirişda munosib hissa qöşgan harbiy xizmatçilariga hamda fuqarolarga “Ma'naviy-ma'rifiy işlar a'loçisi” kökrak nişoni ta'sis etiladi. Mudofaa vazirligida Tarbiyaviy va mafkuraviy işlar boş boşqarmasi tuzilişi, harbiy qismlarda “harbiy psixolog”, “psixolog”, “yetakçi sotsiolog”, “harbiy qism komandirining ma'naviyat va ma'rifat işlari böyiça maslahatçisi — Madaniyat markazi boşliği” lavozimlari, 2018/2019 öquv yilidan boşlab, Qurolli Kuçlari Akademiyasi Umumqöşin fakulteti bazasida qöşimça “Qömondonlik-taktik tarbiyaviy va mafkuraviy işlar” mutaxassisligi böyiça ofitserlar tayyorlaş ta'lim tizimi joriy etilişi milliy armiyada ma'naviy-ma'rifiy işlar tubdan takomillaşişini ta'minlaydi.

















