O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi «Tolibon» harakati delegatsiyasi vakillarining Toshkentga tashrifi yakunlangani haqida ma'lumot berdi. Ushbu delegatsiya harakat rasmiy vakolatxonasi joylashgan Qatardan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilish uchun uchib kelgandi. Toliblar bilan muzokaralarning tafsilotlari va natijalar oshkor etilmadi, ammo bu uchrashuvlarning o‘zini tarixiy deb atash mumkin. Oxirgi marta harakat vakillari Toshkentga 1999 yilda tashrif buyurgandi.

«Tolibon» harakati vakillari Toshkentda 4 kun bo‘ldi. Ular Toshkentga 7 avgust kuni kelishgan va 10 avgust kuni qaytib ketishgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi faqat 11 avgust kuni xabar qildi.

«Tolibon» harakati delegatsiyasi Tashqi ishlar vazirligida qabul qilindi. Uchrashuvda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonining istiqbollari yuzasidan fikr almashildi», deyilgan xabarda.

Delegatsiyaga Doha shahrida joylashgan «Tolibon» harakati siyosiy idorasi rahbari Sher Muhammad Abbas Stanikzay boshchilik qilgan. Mintaqa bo‘yicha ekspertlarning fikr bildirishicha, Qatardagi ofis keyingi vaqtlarda bir necha fraksiyalarga bo‘linib ketgan harakatning bir qismininggina manfaatlarini ifoda etadi.

Qayd etish kerakki, bu yilda O‘zbekiston qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyat barqarorlashi yo‘lida faollik ko‘rsatmoqda. Mart oyida Toshkentda «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik» mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tgandi. Bu konferensiya mamlakatning yangi rahbari Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelganidan buyon tashqi siyosatdagi eng yirik voqea bo‘lgandi. Ammo bu konferensiyada mojaroning asosiy ishtirokchilaridan biri - «Tolibon» harakati vakillari hozir bo‘lishmagandi. 

Xalqaro konferensiya ishtirokchilari yakunda «Toshkent deklaratsiyasi»ni qabul qilib, Afg‘oniston masalasini hal qilishda bahamjihat harakat qilish zarurligini ta'kidlashgandi. Tomonlar harakat vakillarini rasmiy Kobul bilan tinchlik muzokaralarini boshlashga chaqirishgandi.

Keyinroq, iyun oyida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi «Tolibon» harakati bilan aloqa o‘rnatilgani haqida