Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQShning yangi mudofaa byudjyetidan norozi
Xitoy tomoni AQShning yangi mudofaani byudjyetidan norozi ekanligini bildirdi, unda Pekinga qarshi «salbiy jihatlar» mavjud. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi veb-saytida ma'lum qilindi.
Xitoy tashqi siyosat idorasi vakili Lu Kanning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy ushbu masala bo‘yicha Amerika tomoniga bir necha bor o‘z pozitsiyasini bildirgan. Idoradan ta'kidlashlaricha, Xitoyga qarshi qaratilgan hujjatning «salbiy mazmuni» qabul qilinmaydi.
«AQSh Xitoyning noroziligiga e'tibor bermay, 2019 moliyaviy yil uchun mudofaa byudjyetini qabul qildi va imzoladi. Biz bunga qat'iy norozilik bildiramiz», - deya ma'lum qildi Lu Kan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQShning 716 milliard dollarlik harbiy byudjyetini imzolagandi. Unga ko‘ra, AQSh harbiy xizmatchilari soni 15600 kishiga oshadi.
Mavzuga oid
23:07 / 17.06.2026
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026