Samarqand viloyatining Nurobod tumanida 14 avgust kuni Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida yaşovçi T.B. boşqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomaşinani “Samarqand-Qarşi” avtomobil yölining 53-km.da haydab ketayotib, şu yönalişda oldinda harakatlanib ketayotgan O.M. boşqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomaşinasining orqa qismiga urilib, töqnaşuv sodir etgan.

Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.

Natijada “Neksiya” avtomaşinasining bir yölovçisi voqea joyida halok bölgan va yana bir yölovçisi jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan.