KXDR yetakçisi Kim Çen In Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Koreya Yaponiya hukmronligidan ozod etilganligining 73 yilligi munosabati bilan tabriknoma yölladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

Kim Çen In tabriknomada prezident va «döst» mamlakat fuqarolarini qutladi, şuningdek, Putinga «qudratli Rossiyani quriş böyiça mas'uliyatli işda yanada katta muvaffaqiyatlar» tiladi.

«Har ikki mamlakat fuqarolari har kuni oğir uruşda umumiy duşmanga qarşi yelkama-yelka kuraş olib borganiga oid an'ana - bu KXDR bilan Rossiya örtasidagi döstona munosabatlarning eng mustahkam asosidir. U ikki tomonlama munosabatlarni yangi davr talablari asosida yanada rivojlantiriş uçun asosiy omil bölib xizmat qiladi», - deyiladi telegrammada. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Şimoliy Koreya yadrosizlaniş böyiça AQŞning «bosqinçilarga xos» talabini rad etgandi.