Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XXRda AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo muzokaralarining yangi bosqichi qachon o‘tkazilishi ma'lum qilindi
Foto: RIA «Novosti»
Savdo muzokaralarini davom ettirish uchun avgust oyining ikkinchi yarmida AQShga safar qiladigan delegatsiyaga Xitoyning tijorat vaziri o‘rinbosari Van Shouven rahbarlik qiladi. Bu haqda XXR Tijorat vazirligining bayonotiga tayangan holda Reuters xabar berdi.
Tijorat vazirligidan ta'kidlashlaricha, muzokaralar Amerika tomonining tashabbusi bilan o‘tkaziladi. AQSh delegatsiyasiga moliya vazirining xalqaro ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallab turgan Devid Malpass rahbarlik qiladi.
Xitoy savdo idorasi bayonotida qayd etilishicha, Xitoy bir tomonlama iqtisodiy choralarga rozi bo‘lmaydi, biroq savdo masalalari bo‘yicha muloqotni olqishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi yangi darajaga chiqqani xabar berilgandi.
Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat vazirligi tomonidan e'lon qilingan bayonotga ko‘ra, Xitoy Jahon savdo tashkilotiga (JST) Vashingtonga qarshi da'vo bilan murojaat qilgan.
Mavzuga oid
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
12:04 / 23.05.2026
Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi
10:04 / 23.05.2026
AQSh Milliy razvedkasi rahbari iste’foga chiqdi
23:05 / 22.05.2026