Sport telekanali Indoneziyada ötkazilayotgan Osiyo öyinlarini namoyiş qiladigan böldi. Bu borada olib borilgan muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanib, Osiyo öyinlarini namoyiş qiliş huquqi qölga kiritildi.

Natijada, nufuzli musobaqa telekanal orqali töliq translyatsiya qilinadigan böldi. 

Xususan, soat 17:00da boşlanadigan Qatar – Özbekiston öyini ham jonli efirda namoyiş qilinadi. Bahsni Eldor Mustafoyev şarhlab boradi.

Bundan avvalroq «Kun.uz» manbasi Osiyo öyinlarining heç bir musobaqasi Özbekiston hududida namoyiş etilmasligi, uning translyatsiyasi huquqi Özbekistonning heç bir kompaniyasi tomonidan sotib olinmagani töğrisida xabar bergandi.